Middle Backend Developer (Python / Django)

Aros (Яратов Жавадбек Васил угли) · Toshkent shahri · 8 mln so'm – 15 mln so'm

Aros - O'zbekistondagi eng yirik telefon aksessuarlari va zapchastlar savdo tashkiloti. Biz uning ichki IT jamoasimiz: asosiy boshqaruv tizimi, xodimlar nazorati (Staff), moliya (Finance) va analitika dasturlarini o'zimiz quramiz va rivojlantiramiz. Yozgan kodingiz ertasiga real ishlab turgan biznesda ishlatiladi. Jamoamiz kichik — har bir dasturchi o'z yo'nalishiga to'liq egalik qiladi. Bu ish siz uchun, agar: • Claude Code / AI vositalari bilan cheklovsiz ishlay olsangiz. AI'dan foydalanib tezlikni 3–5 barobar oshira olgan odam bizga kerak. Muhimi: AI chiqargan kodni tushunib, tekshirib, javobgarlikni o'z zimmangizga ola bilishingiz. • Ish vaqti, tartibi va deadlinelarga masuliyatli bo'lsangiz • Muammoni ko'rsangiz o'z yechimingizni bera olsangiz va "bu mening vazifam emas" demasangiz • Yosh dasturchilarga yo'l ko'rsata olasiz, code review qila olasiz, texnik qaroringizni asoslay olasiz. • Backend asosiy yo'nalishingiz, lekin kerak bo'lganda frontendga ham kirishasiz. Bizda backend dasturchilar frontendni ham muvaffaqiyatli olib chiqishmoqda Texnik talablar • Python + Django / DRF bo'yicha kamida 2–3 yil amaliy tajriba • PostgreSQL: schema loyihalash, query optimizatsiya • REST API loyihalash tajribasi • Git, Gitlab • Docker, Elasticsearch • Redis, Celery • Test yozish (pytest) • Frontend asoslari (JS/HTML/CSS) mukammal bo'lishi shart emas, lekin qo'rqmasligingiz kerak Biz taklif qilamiz Ish haqi: - - - Texnik qarorlarni o'zingiz qabul qilish erkinligi AI vositalariga to'liq kirish (Claude subscribtion kompaniya hisobidan) Kichik jamoa, ortiqcha byurokratiya yo'q Ish grafigi: Ofis Toshkent shahri 5/2, 08:00-17:00 Tanlov jarayoni Rezyume Qisqa suhbat (30 daqiqa) Amaliy topshiriq — AI vositalaridan foydalanishingiz mumkin va tavsiya etiladi. Kodni qanday yozganingizni tushuntira olishingiz muhim. Yakuniy suhbat

IshMap.uz — barcha vakansiyalar