Sotuv menejeri
PRO TEACHER · Toshkent shahri · 4 mln so'm – 15 mln so'm
Vazifalar:
• Markazga kelgan mijozlar bilan yuzma-yuz uchrashuv o'tkazish va kursga yozish
• Kiruvchi lidlarga qo'ng'iroq qilish va ularni uchrashuv yoki sinov darsiga taklif qilish
• Mijozning ehtiyojini aniqlash va unga mos kursni tanlab berish
• Sinov darsidan keyin mijozni to'lovgacha olib borish
• O'ylab ko'rayotgan mijozlar bilan doimiy aloqani saqlash (follow-up)
• CRMda har bir mijoz bo'yicha ma'lumotni o'z vaqtida kiritish va voronkani yuritish
• Kunlik va haftalik sotuv rejasini bajarish, natijalar bo'yicha hisobot berish
Talablar:
• Sotuvda kamida 3 yillik tajriba (yuzma-yuz sotuv tajribasi shart)
• CRM tizimlarida ishlay olish (amoCRM, Bitrix24 yoki shunga o'xshash)
• O'zbek tilida erkin va savodli muloqot
• Natijaga yo'naltirilganlik, mas'uliyat va intizom
• Arab tilini bilish shart emas
Biz taklif qilamiz:
• 4 mln so'mdan 15 mln so'mgacha daromad. Yuqori chegara cheklanmagan va to'liq sizning natijangizga bog'liq
• Fiks oylik va KPI
• Doimiy lidlar oqimi
• Qulay ofis, Toshkent shahrida
• O'zingiz yoki yaqinlaringizga kurslarimiz uchun 50% chegirma
Grafik: haftada 6 kun ish, 1 kun dam olish
Rezyumeingizni yuboring. Mos nomzodlar bilan suhbatga o'zimiz bog'lanamiz.