Фарғона вилояти Ходимлар билан ишлаш бўлими бошлиғи
Xalq Banki · Farg'ona
Asosiy vazifalar:
• Viloyat hududidagi barcha bank xizmatlari markazlari va filiallarda kadrlar administratsiyasi jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
• Xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish, mehnat ta'tillari, xizmat safarlari, rag‘batlantirish, intizomiy choralar va mehnat shartnomalarini bekor qilish bilan bog‘liq hujjatlarni amaldagi qonunchilik hamda bankning ichki me'yoriy hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish;
• Buyruqlar, farmoyishlar, shaxsiy yig‘ma jildlar, mehnat faoliyatiga oid hujjatlar va electron bazalarining to‘g‘ri yuritilishini ta'minlash;
• Xodimlarning mehnat staji, lavozim o‘zgarishlari, ta'tillari va boshqa kadrlar hisobini yuritish hamda doimiy monitoring qilish;
• Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartibi qoidalari va korporativ standartlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Viloyat bo‘yicha shtatlar jadvali, vakant lavozimlar, xodimlar harakati va kadrlar tarkibi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish hamda tahlil qilish;
• Mehnat intizomi va ish vaqti hisobining yuritilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
• Xodimlarning murojaatlari, mehnat munosabatlariga oid masalalari va xizmat faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;
• Bo‘limdagi mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish va kasbiy rivojlanishini ta'minlash;
• Vertikal bo‘yicha Markaziy apparatning Xodimlarni boshqarish departamenti bilan doimiy hamkorlikda ishlash hamda topshiriqlar ijrosini ta'minlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Oliy ma'lumot (huquq, iqtisodiyot, yoki HR yo‘nalishlari);
• Kadrlar administratsiyasi yoki HR yo‘nalishida kamida 5 yillik, shundan rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish tajribasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnat qonunchiligini mukammal bilish;
• Kadrlar hujjatlarini yuritish, buyruqlarni rasmiylashtirish va mehnat munosabatlarini boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba;
• Analitik fikrlash, mas'uliyat, yuqori darajadagi tashkiliy ko‘nikmalar hamda jamoani boshqarish qobiliyati;
• MS Office dasturlari bilan erkin ishlash.