B2B Sales Manager
BITO · Toshkent shahri · 3.5 mln so'm – 12 mln so'm
Hozirda jamoamizni kengaytirish va B2B yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida B2B Sales Manager lavozimiga faol va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassis izlayapmiz.
Vazifalar:
• Kiruvchi va chiquvchi leadlar bilan ishlash;
• Yangi B2B mijozlarni izlash va jalb qilish;
• Potensial mijozlar bilan telefon, Telegram va uchrashuvlar orqali muloqot qilish;
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va mos yechimni taklif qilish;
• BITO mahsulot va xizmatlarini mijozlarga taqdim etish;
• Mahsulot demo va prezentatsiyalarini o‘tkazish;
• Muzokaralar olib borish va mijoz e’tirozlari bilan ishlash;
• Mijozni sotuv voronkasi bo‘yicha boshqarish;
• Follow-up jarayonlarini o‘z vaqtida amalga oshirish;
• Tijoriy takliflar bilan ishlash;
• CRM tizimida mijozlar va bitimlar haqidagi ma’lumotlarni muntazam yuritish;
• Sotuv rejasini bajarish;
• Sotuv natijalarini tahlil qilish va hisobot berish;
Talablar:
• B2B sotuv sohasida tajriba;
• Muloqot va muzokara olib borish qobiliyati;
• Mijoz ehtiyojini to‘g‘ri aniqlay olish;
• E’tirozlar bilan ishlash va sotuvni yopish ko‘nikmasi;
• Natijaga yo‘naltirilganlik;
• CRM tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Mas’uliyat va intizom;
• Tez o‘rganish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish qobiliyati;
• Jamoada ishlay olish;
• O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish.
Shartlar:
• Oylik daromad: 3 500 000 – 12 000 000 so‘mgacha;
• Daromad: fiks + KPI/bonus tizimi ;
• 6/1 ish grafigi;
• Ish vaqti: 10:00–19:00 ;
• BITO mahsulotlari va sotuv tizimi bo‘yicha trening;
• Professional rivojlanish va karyera o‘sishi imkoniyati;
• Zamonaviy va rivojlanayotgan jamoada ishlash;
Bizga shunchaki qo‘ng‘iroq qiladigan xodim emas, mijoz bilan munosabat o‘rnata oladigan, biznes ehtiyojini tushunadigan va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan B2B Sales Manager kerak.