Начальник склада
Bolter · Toshkent shahri · 8 mln so'm – 12 mln so'm
Talablar:
• Omborxona boshqaruvi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;
• Inventarizatsiya, qabul va jo‘natish jarayonlarini boshqarish tajribasi;
• Kompyuter savodxonligi, MS Excel va ombor dasturlari bilan ishlay olish;
• Jamoa bilan ishlash va rahbarlik qilish ko‘nikmasi;
• Mas’uliyatli, tartibli va tashkiliy salohiyatga ega bo‘lish;
• Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish (logistika yoki menejment sohasida ustunlik beriladi).
Vazifalar:
• Ombordagi barcha mahsulotlar, materiallar va jihozlarning hisobini yuritish;
• Mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natish jarayonlarini tashkil qilish;
• Omborxona tartib-qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;
• Har oy va yil yakunida inventarizatsiya o‘tkazish;
• Hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;
• Ombor faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha takliflar berish.
Takliflar:
• Barqaror oylik maosh (intervyuda belgilanadi);
• Rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
• Qulay ish muhiti va jamoaviy qo‘llab-quvvatlash;
• Ichki mehnat tartib-qoidalariga asoslangan ish vaqti.