Ombor xodimi (Irrigatsiya tizimlari / Tomchilatib sug'orish)
Yusuf · Samarqand · 3 mln so'm – 4.5 mln so'm
Irrigatsiya va sug'orish uskunalarini sotish bilan shug'ullanuvchi kompaniyaga mas'uliyatli va g'ayratli Ombor xodimi talab qilinadi.
Majburiyatlari:
Mahsulotlarni (quvurlar, shlanglar, fitinglar, nasoslar va boshqalar) qabul qilish, tushirish va omborga joylashtirish
Yuk xatlari (nakladnoy) asosida mijozlar uchun buyurtmalarni yig'ish va komplektatsiya qilish
Inventarizatsiya (baza tekshiruvi) jarayonlarida ishtirok etish
Ombor hududida tartib va tozalikni saqlash
Talablar:
Omborda ish tajribasi bo'lsa yaxshi, lekin shart emas (barchasini o'zimiz o'rgatamiz)
Diqqatli, halol va mas'uliyatli bo'lish
Jismoniy baquvvatlik (ish mahsulotlarni ko'chirish bilan bog'liq)
Turk tilini so'zlashuv darajasida bilish (jamoa bilan muloqot qilish va yuk xatlarini tushunish uchun)