Торговый представитель/Менеджер по продажам

IT MARKETING CENTER · Farg'ona · 5 mln so'm – 8 mln so'm

«Shodiyona» un markazi kuchli sotuv jamoasini shakllantirmoqda! Farg‘ona vodiysida un va oziq-ovqat distribyutsiyasi bo‘yicha yetakchi kompaniyamiz o‘z saflarini shijoatli va natijaga ishlaydigan mutaxassislar bilan kengaytirmoqda! Sotuv sohasida barqaror daromad topish va muvaffaqiyatli karyera qurishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif etamiz: 🟠 SOTUV AGENTI ( SAVDO VAKILI ) Vazifalar: • Belgilangan hudud bo‘yicha savdo nuqtalariga (do‘konlar, novvoyxonalar, B2B mijozlar) kunlik tashrif buyurish ; • Yangi mijozlarni jalb qilish va kompaniyaning savdo hajmini oshirish; • Mahsulotlar taqdimotini o‘tkazish, buyurtmalarni rasmiylashtirish; • Kunlik va haftalik sotuv hisobotlarini topshirish. Talablar: • Un,oziq ovqat mahsulotlari yoki B2B savdo sohasida kamida 6–12 oy tajriba; • Oziq-ovqat va un, novvoyxona xomashyosi assortimentini tushunish va tez o‘rganish qobiliyati; • Muloqotga kirishuvchanlik, muzokaralar olib borish va sotuv ko‘nikmalari; Ish sharoitlari va maosh: • O‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh: 5 000 000 so‘m (fiks) + KPI ; • Ish grafigi: 6/1 (05:00–12:00 / 09:00–16:00); • Korxona hisobidan bepul issiq tushlik; • Korxona tomonidan o‘qituv va qo‘llab-quvvatlash • Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tgach, rasmiy bandlik. ▫️ Manzilimiz: Marg‘ilon shahar, Votstroy «Shodiyona» un markazi (Orientir: Ko‘mir sklad ko‘chasi, «Orzu» chorrahasi). Arizalar 20-oktyabrgacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan shoshiling!

IshMap.uz — barcha vakansiyalar