Jismoniy shaxslar anderraytingi boshqarmasida “Kichik anderrayter” (1-toifali mutaxassis)

АКБ «Банк развития бизнеса» · Toshkent shahri

Kreditlarni ma’qullash departamenti tarkibidagi Jismoniy shaxslar anderraytingi boshqarmasida “Kichik anderrayter” (1-toifali mutaxassis) Talablar: - oliy iqtisodiy ma’lumot (magistr darajasiga ustuvorlik beriladi); - MS Office va boshqa elektron dasturlar hamda bankning ichki dasturlarida mukammal darajada ishlay olishi; - bank tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi va samarali qo‘llay olishi; - kamida 2 yillik ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi; - o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilishi(ingliz tilini bilishi ustunlikka ega). Vazifalar: - Jismoniy shaxslarning kredit buyurtmalari va ular bo‘yicha mavjud hujjatlarni belgilangan normativhuquqiy hujjatlar, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini tekshirish; - Elektron ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlar tahliliga ko’ra, mijozga kredit ajratish xatarlini aniqlash va ularni kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash; - Jismoniy shaxslarning kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish jarayonida mijozlarning hujjatlarini ularning moliyaviy holati, shuningdek, mijoz to‘g‘risida ichki va tashqi ma’lumotlarni to‘plagan holda, belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini tahlil qilish; - Kredit buyurtmalariniing to‘laqonli tahlilini amalga oshirish, fuqarolarning kreditga layoqatliligini aniqlash, garovni o‘rganish; - Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish; - Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar