Ishga Taklif! Savdo agenti kerak
Алишер · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 10 mln so'm
Ishga taklif! Savdo agenti kerak
USEF — maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona o‘z jamoasiga faol va mas’uliyatli savdo agentlarini ishga taklif qiladi.
Hudud: Toshkent shahri
Ish haqi va sharoitlar
* Oylik maosh: 5 000 000 so‘mdan 10 000 000
* Savdo natijalariga qarab qo‘shimcha rag‘batlantirish imkoniyati
* Tayyor mahsulotlar assortimenti va narxlar ro‘yxati taqdim etiladi
* O‘sish va uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati
Asosiy vazifalar
* Do‘konlar, supermarketlar va ulgurji savdo nuqtalariga tashrif buyurish
* USEF mahsulotlarini mijozlarga tanishtirish va sotuvni yo‘lga qo‘yish
* Yangi mijozlar topish va doimiy hamkorlar bazasini shakllantirish
* Buyurtmalarni qabul qilish va to‘lovlarni nazorat qilish
* Kunlik va haftalik savdo hisobotlarini yuritish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
* Savdo sohasida ishlash istagi va faol muloqot qila olish
* Mas’uliyatlilik, halollik va intizom
* Mijozlar bilan yaxshi munosabat o‘rnata olish
* Belgilangan savdo rejasiga intilish
* Toshkent shahri bo‘ylab harakatlanish imkoniyati
* Savdo tajribasi
* Faqatgina USEF kompaniyasi mahsulotlari bilan ishlash!
Murojaat uchun:
Ishga qiziqqan nomzodlar quyidagi raqamga murojaat qilishlari mumkin:
Telefon: [*]
O‘z kuchiga ishongan, faol va yaxshi daromad topishni istagan nomzodlarni jamoamizda kutamiz!
USEF — sifatli mahsulot, ishonchli hamkorlik!