Darxon Kafe mahoratli Razdacha Oshpazini taklif etadi
Kumush Abdujabbarova · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 8 mln so'm
1975-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, sifati va an'anaviy taomlari bilan mijozlar ishonchini qozongan Darxon kafe jamoasiga tajribali va mas'uliyatli Taom tarqatuvchi oshpazni ishga taklif etadi
Talablar:
- Umumiy ovqatlanish (HoReCa) sohasida ish tajribasi.
- Darxon kafe taomlari assortimentini chuqur o'rganishga tayyor bo'lish.
- Taomlarni mijozlarga ishtahani ochadigan tarzda chiroyli va to'g'ri tavsiya qila olish.
- Mijozlarning ehtiyojini to'g'ri aniqlash va ularga mos tavsiyalar bera olish.
- Mijoz e'tirozlari va konfliktli vaziyatlarni xotirjamlik hamda professional yondashuv bilan hal qila olish.
- Buyurtmalarni tezkor, aniq va tartibli tayyorlab berish.
- Chaqqon, mas'uliyatli, xushmuomala va intizomli bo'lish.
- Sanitariya va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish.
- Jamoada samarali ishlay olish.
Biz taklif qilamiz:
- Oylik: 5 000 000 – 8 000 000 so'm.
- Ish vaqti: 08:00–20:00.
- Rasmiy ishga qabul qilish.
- Kuniga 2 mahal issiq ovqat.
- Ahil va professional jamoa.
- Kuchli va barqaror brendda ishlash.
- O'z sohasining tajribali ustalari bilan birga ishlab, kasbiy mahoratingizni oshirish imkoniyati.
Agar siz mijozlarga yuqori darajada xizmat ko'rsatishni qadrlasangiz va o'z kasbingizni sevsangiz, Darxon kafe jamoasida sizni kutamiz.