Assalomu alaykum. Hayrli kech yaxshilar

· O'zbekiston

Assalomu alaykum. Hayrli kech yaxshilar. Bugun anchadan buyon qilishni reja qilib yurgan ishlarga qo'l urdim. 1. Blogni yana davom qildirish. Yozishni sogʻindim. Fikrlar, yangi ilmlar va hokazolarni. 2. Shu bilan birga yugurishni boshlashga ham oʻzimda kuch topa olmay yurgandim. Aslida oson. Lekin hamma gap boshlab olishda. Baxtimga instagramda "Global Run & Walk Challenge" chiqib qoldi. Bu nima desangiz Milliy Deepen Well fitnes ilovasida yugurish va yurishga targʻib qiluvchi yutuqli challenge ekan. Shartta roʻyhatdan oʻtdim. Atigi 38 ming soʻm. Agar bu challenge meni yugurishga odatlantirsa, bundan ortiq baxt yoʻq. Yaqinda ustozim Shaha (Shahboz) Dolimovning bir padcastdagi gapini eshitib qoldim, "Qariganda sogʻlom va baquvvat boʻlish uchun, yurak va muskullar bizga yordam beradi. Yugurish - yurakni chiniqtiradi, gym ya'ni ogʻir vaznlar bilan ishlash muskullarni chiniqtiradi. Bu esa bizning sogʻlom boʻlishimizda eng asqotadigan sport mashgʻulotlari hisoblanadi. Uyqu va toʻgʻri ovqatlanish bilan albatta". Men faqat muskullarni chiniqtirib yursa boʻldi deb yurardim. Yugurish uchun sabab topaolmayotgandim. Bugun shu fikrlar kuchi bilan challengening birinchi kunini boshlab oldim, koʻchada yomgʻir yogʻishiga qaramasdan. Ma'lumot uchun bugun Toshkentda ajoyib, yomgʻirli kuz fasli hukm surmoqda. Shunday ekan gapni koʻp choʻzmayman. Agar siz ham koʻpdan buyon yurishni yoki yugurishni odat qilishni maqsad qilgan boʻlsangiz, balkim bu challenge sizga yordam berar. Dastur manzili: Play marketda https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.deepen.mobile App storeda https://apps.apple.com/uz/app/deepenwell/id6642689331 Dastur oʻrnatganizdan soʻng TW7GKPDW promokodini kiritishni unutmang. Sizlar bilan yana Islombek Turayev 👉 @Islombekblog

IshMap.uz — barcha vakansiyalar