Sotuv bo'yicha menedjer (B2B)
Jetso Capital · Toshkent shahri · 5 mln so'm
- Kompaniya haqida
Biz — 8 yildan ortiq tajribaga ega, tez rivojlanayotgan konsalting kompaniyamiz. Mahalliy va xalqaro mijozlar (jumladan, Avstraliya kompaniyalari) bilan ishlaymiz. Bozorda o‘z o‘rniga ega, do‘stona va professional jamoaga ega kompaniyamiz sizni kutmoqda!
- Vazifalar:
• B2B segmentidagi mijozlar bilan telefon yoki uchrashuv orqali muloqot qilish;
• Kompaniya xizmatlarini yuridik shaxslar (korporativ mijozlar)ga taqdim etish;
• Belgilangan sotuv rejasini bajarish va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish;
• Mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish;
• Tijorat takliflari tayyorlash va taqdimot o‘tkazish.
- Talablar:
• Faollik va tezkor ishlash qobiliyati;
• Analitik fikrlash va strategik yondashuv;
• Ravon nutq, ishonchli chiqish va muzokara olib borish ko‘nikmalari;
• CRM tizimlarida ishlash tajribasi;
• Korporativ mijozlar bilan samarali muloqot qila olish;
• Prezentatsiya tayyorlash va taqdimot o‘tkazish qobiliyati;
• B2B savdo sohasida tajribaga ega bo'lishi.
- Biz taklif qilamiz:
• Rasmiy oylik 5 000 000 + KPI + sotuvdan bonus ;
• Bepul tushlik;
• Ish vaqti: 10:00 – 18:00 ;
• Ofis shaharning markazida;
• Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa;
• Karyera va professional rivojlanish imkoniyatlari.
- Qo‘shimcha ma’lumot:
• Ish turi: To‘liq bandlik
• Ma’lumot darajasi: O‘rta maxsus yoki oliy