Mehmonxona boshqaruvi uchun menejer kerak.
mehrangizmurodova6 · Samarqand · 4 mln so'm – 7 mln so'm
ISHGA TAKLIF!
Mehmonxona boshqaruvi uchun menejer kerak
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti: Institut yoki universitetni tamomlagan bo‘lishi kerak.
Til bilish darajasi: Rus tilini mukammal bilishi, IELTS sertifikati kamida 7.0 ball bo‘lishi kerak.
Ish tajribasi: Kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi shart.
Yashash joyi: Samarqand shahrida istiqomat qilishi kerak.
Shaxsiy fazilatlari: Aqlli, mas’uliyatli, madaniyatli, odob-axloq qoidalariga rioya qiladigan hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiladigan inson bo‘lishi lozim.
Muhim: Talablarga to‘liq javob bermaydigan nomzodlar hamda talabalar murojaat qilmasliklari so‘raladi.
Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz, biz sizni o’z jamoamizda kutib qolamiz!