SMM mutaxassisi (SMM Manager)
HIGH TECH PANELS · Toshkent shahri · 5.1 mln so'm – 6.3 mln so'm
Mas'uliyatlar:
• Instagram, Telegram, YouTube va kompaniya sayti uchun kontent-plan (reja) tuzish va uni yuritish;
• Ijtimoiy tarmoqlar va sayt uchun qiziqarli matnlar (postlar, maqolalar) yozish;
• Foto/video kontentlar tayyorlash (yoki texnik topshiriq tuzish) va ularni o‘z vaqtida joylab borish;
• Saytdagi ma’lumotlar, mahsulotlar/xizmatlar va yangiliklarni muntazam yangilab borish;
• Obunachilar va mijozlarning izohlari hamda xabarlariga (DM/Direct/Comments) o‘z vaqtida javob berish;
• Target (reklama) kampaniyalarini yo‘lga qo‘yish va natijalarni tahlil qilish;
• Haftalik va oylik statistikani kuzatish hamda hisobotlarni tayyorlash.
Talablar:
• SMM va kontent-menejment sohasida kamida 1 yil tajriba (portfolio bo‘lishi shart);
• Instagram, Telegram va YouTube platformalari algoritm va funksiyalarini mukammal bilish;
• O‘zbek va rus tillarida savodli yozish va so‘zlashish ko‘nikmasi;
• Foto/video tahrirlash dasturlari va ilovalarda (CapCut, Canva, Photoshop va h.k.) ishlash ko‘nikmasi;
• Saytlar (WordPress/CMS) bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish;
• Mas’uliyatlilik, ijodkorlik (kreativlik) va o‘z vaqtida topshiriqlarni bajarish (taym-menejment).
Shartlar:
• Ish grafigi: 5/2 yoki 6/1 (o'zingizga mosini tanlang) , soat 09:00 dan 18:00 gacha;
• Ish joyi: Shinam offset/kompaniya idorasi (yoki masofaviy/onlayn) ;
• Oylik maosh: Suhbat natijasiga ko‘ra (fiksirlangan maosh + bonuslar);
• Karyera va kasbiy o‘sish imkoniyati;
• Ahil va do‘stona jamoa.