Turk tilini biladigan tarbiyachi yordamchisi kerak!

Turk Garden Preschool · Toshkent shahri · 3 mln so'm – 4 mln so'm

Bog‘chamizga bolalar bilan ishlash tajribasiga ega, mas’uliyatli, mehribon va o‘z ishiga jiddiy yondashadigan tarbiyachi yordamchisi kerak. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: -Turk tilini bilish va turk tilida erkin muloqot qila olish (majburiy). -Avval bog‘cha yoki maktabgacha ta’lim muassasasida ishlagan bo‘lish (majburiy). -Bolalarning hojatxonaga borishi, shaxsiy gigiyenasi va kundalik parvarishida yordam bera olish. -Asosiy tarbiyachi bilan hamjihatlikda, bir jamoa bo‘lib ishlash va ta’lim-tarbiya jarayonlarida faol yordam berish. -Bolalarga nisbatan ochiq chehrali, mehribon, sabrli va e’tiborli bo‘lish. -Guruhdagi tartib, tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilish. -Ishga o‘z vaqtida kelish, intizomli va mas’uliyatli bo‘lish. Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Salom choyxonasi yaqinida MUHIM – Yashash manzili bo‘yicha talab Bog‘chamizga yaqin hududlarda yashovchi nomzodlargina ko‘rib chiqiladi Uzoq hududlarda yashovchi nomzodlarning arizalari qat’iyan ko‘rib chiqilmaydi Ish vaqti: Dushanba–Juma: 08:00–18:00 Shanba: 09:00–14:00 Ish haqi: Suhbat davomida kelishiladi Tgram: * Murojaat qilayotganda ism-familiyangiz, yoshingiz, yashash hududingiz, turk tilini bilish darajangiz va avvalgi ish tajribangiz haqida ma’lumot yuborishingizni so‘raymiz

IshMap.uz — barcha vakansiyalar