Менеджер по персоналу

MUDARRIS AKADEMIYA · Toshkent shahri · 4 mln so'm – 10 mln so'm

Talablarimiz : – HR yo'nalishida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo'lish; – O'zbek tilida ravon muloqot qila olish (arab tilini bilish ustunlik beradi); – Xushmuomala, kirishimli, tashabbuskor va mas'uliyatli bo'lish; – MS Office va Google Workspace dasturlarida ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish; – Tashkiliy, tahliliy va muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'lish. Vazifalaringiz : – Kelib tushgan rezyumelarni ko'rib chiqish, nomzodlarni saralash va dastlabki screening suhbatlarini o'tkazish; – Yangi xodimlarni ishga qabul qilish va onboarding jarayonini tashkil etish; – Xodimlarning moslashuv jarayonini kuzatish, fikr-mulohazalarini olish va zarur yordam ko'rsatish; – Rahbarlar bilan hamkorlikda xodimlarning dastlabki ish faoliyatini monitoring qilish va HR jarayonlarini takomillashtirish. Takliflarimiz : – Bepul tushlik; – O'z vaqtida to'lanadigan oylik maosh; – Arab tili kurslari uchun 30-50% chegirmalar – Farzandingiz o'qishi uchun bog'cha va maktablarimizga chegirmalar – Ahil va professional jamoada faoliyat yuritish; – Shinam va zamonaviy ish sharoitlari; – HR sohasida professional o'sish imkoniyati.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar