Arab raqslari bõyicha ayol xoreograf kerak

Maxsuda Mansurovna · Toshkent shahri · 2 mln so'm – 6 mln so'm

ARAB RAQSLARI BO‘YICHA TRENER KERAK Toshkent shahrida joylashgan raqs zalimizga arab raqslari (belly dance) bo‘yicha tajribali va mas’uliyatli trener izlayapmiz. Manzil: Sergeli-8 Joylashuvi juda qulay: metro bekatiga yaqin, 4-bekat. Zalimizga quyidagi avtobuslar orqali bemalol yetib kelish mumkin: 59, 8, 48 va 131-sonli avtobuslar. Biz kimni izlayapmiz? • Arab raqslari bo‘yicha tajribaga ega; • Raqs texnikasini yaxshi biladigan; • O‘quvchilarga raqs harakatlarini tushunarli va sifatli o‘rgata oladigan; • Mas’uliyatli va intizomli; • Xushmuomala va odamlar bilan yaxshi muloqot qila oladigan; • Darslarni qiziqarli va professional tarzda olib bora oladigan; • O‘z ishini sevib, mas’uliyat bilan yondashadigan trener. Biz taklif qilamiz: • Qulay va shinam raqs zali; • Transport qatnovi qulay bo‘lgan joylashuv; • Yangi o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati; • Yaxshi va do‘stona ish muhiti; • Qulay hamkorlik shartlari. Agar siz arab raqslari bo‘yicha trener bo‘lsangiz va biz bilan hamkorlik qilishni istasangiz, bog‘laning. Aloqa uchun telefon: * Tajribangiz va o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot berishingizni so‘raymiz.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar