Targetolog (Amaliyotchi)
YATT ABDUROZIQOV SAFARMUROD ISKANDAR O‘G‘LI · Toshkent shahri
Targetolog — Amaliyotchi
Mas'uliyatlar:
• Meta Ads Manager orqali reklama kampaniyalarini sozlash va ishga tushirishda yordam berish
• Ishlayotgan reklamalarni monitoring qilish va natijalarni kuzatib borish
• CTR, CPC, CPL, CPA, ROAS kabi asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishni o‘rganish
• Target auditoriyani aniqlash va segmentlar bilan ishlash
• Reklama kreativlarini tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha takliflar berish
• Target reklamalari uchun ssenariylar tayyorlashda ishtirok etish
• Syomka jarayonlarida qatnashish va reklama kreativlari uchun g‘oyalar ishlab chiqish
• Senior targetolog va jamoa bilan birga real loyihalarda ishlash
• Berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish
Talablar:
• Digital Marketing bo‘yicha kursni tugatgan bo‘lishi
• Meta Ads Manager haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishi
• Reklama kampaniyalari, auditoriya va kreativlar haqida bazaviy tushunchaga ega bo‘lishi
• Raqamlar va analitika bilan ishlashga qiziqishi
• Uzbek tilini yaxshi bilishi
• Ingliz tilini kamida boshlang‘ich/o‘rta darajada bilishi
• Yangi bilimlarni tez o‘zlashtira olishi
• AI vositalaridan foydalanishga qiziqishi
Kimni qidiryapmiz:
• Bosiq, fokusli va mas'uliyatli
• Vazifani oxirigacha yetkazadigan
• Raqamlar bilan ishlashdan qo‘rqmaydigan
• Xatolaridan xulosa chiqarib, tez o‘rganadigan
• Savol berishdan qo‘rqmaydigan
• Digital marketing va reklama sohasida rivojlanishni xohlaydigan
• AI orqali o‘z ish samaradorligini oshirishga qiziqadigan
Amaliyot muddati:
1 oydan 3 oygacha.
Amaliyot muddati nomzodning:
• amaliy ko‘nikmalari;
• vazifalarni bajarish sifati;
• o‘rganish tezligi;
• mustaqil ishlash qobiliyati;
• jamoaga moslashuvi va salohiyatiga qarab belgilanadi.
Amaliyot davomida nomzod real loyihalarda ishlash, tajribali targetologlardan o‘rganish va o‘z bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Biz taklif qilamiz:
• Ahil va yosh jamoa
• Toshkent markazida qulay ofis
• Real mahalliy va xalqaro IT loyihalarda amaliy tajriba
• Tajribali mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati
• Professional va karyera rivojlanishi uchun imkoniyat
• Xalqaro va mahalliy nufuzli kompaniyalar bilan ishlash tajribasi
• Amaliyot yakuniga ko‘ra kompaniyada ishlash imkoniyati