Tibbiy Vakil, Medical Representative, Медицинских Представитель

Xurshid · Toshkent shahri

RESPUBLIKA BOʻYICHA. BARCHA VILOYAT VA TUMANLARGA TIBBIY VAKILLARNI TAKLIF QILAMIZ! Shifokor va hamshiralar, siz uchun yangi imkoniyat! Original biologik faol qo‘shimchalar — BFQ mahsulotlari bilan ishlaydigan, sifat va sotuv bo‘yicha barqaror rivojlanayotgan kompaniyamiz jamoasiga qo‘shiling! Bugun jamoamizda 200 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Kompaniya kengayayotgani sababli respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida yangi tibbiy vakillarni ishga taklif qilamiz. Kimlarni kutyapmiz? • 20–40 yoshdagi xotin-qizlar — shifokor va hamshiralar. • O‘rganishga, ishlashga va natijaga erishishga intiladigan nomzodlar. • Muloqotga kirishuvchan, mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassislar. Yo'nalishlar: Pediatriya, Lor, Ginekologiya, Terapiya, Ortopediya, Nevrologiya, Kardiologiya va boshqa yo'nalishlar ham. Tibbiy vakillik tajribangiz yo‘qmi? Ishni to‘liq o‘rgatamiz! Tajribangiz bo‘lsa, yangi jamoa va mahsulotlarga tezroq moslashishingizga yordam beramiz. Sizni ishga tayyorlaymiz va ish davomida qo‘llab-quvvatlaymiz. Men kompaniyaning Product Manager’i sifatida sizni shaxsan tayyorlayman: mahsulotlar bo‘yicha bilim, shifokor va dorixonalar bilan ishlash, taqdimot qilish hamda sotuv ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich o‘rgataman. Ish boshlaganingizdan keyin ham savollaringiz va amaliy vaziyatlarda yordamlashaman. Siz bilan talabchan, kuchli bilim va amaliy tajribaga ega fan nomzodi ishlaydi. Daromad: KPI natijalariga qarab oyiga 10–40 (100) mln so‘m. Daromadingiz belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liq. Maqsadimiz — sizga ishni o‘rgatish, natijaga erishishingiz va yaxshi daromad qilishingizga ko‘maklashish. Asosiy e’tibor — samarali ish va natijaga qaratiladi. Har kuni lokatsiya yuborish, video hisobot topshirish va ortiqcha baza to‘ldirish, 15 ta visit qilish kabi vaqt oladigan talablar qo‘yilmaydi. Vaqtingizni bilim, sifatli muloqot va sotuvga sarflaysiz — natijangizga yarasha daromadingizni sanaysiz! Nega bizning jamoa? • Original BFQ mahsulotlari bilan ishlash. • Ishni boshidan o‘rganish imkoniyati. • Product Manager’ning doimiy amaliy yordami. • 200 kishilik jamoaga qo‘shilish. • Kengayayotgan kompaniyada kasbiy o‘sish imkoniyati. Tibbiy bilimingizni yangi kasb va daromad imkoniyatiga aylantiring. Sizni jamoamizda kutamiz! Ishga qiziqsangiz, shaxsiy xabarga yozing: Ism-familiyangiz, yoshingiz, mutaxassisligingiz, ishlamoqchi bo'lgan hududingiz va telefon raqamingiz va resume yingizni qoldiring.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar