Tibbiy vakil - «IBN SINO» klinikasi (Qarshi)
IBN SINO salomatlik markazi · Qashqadaryo · 4 mln so'm – 9 mln so'm
«IBN SINO» SALOMATLIK MARKAZI: TIBBIY VAKIL
Hudud: Qarshi shahri
«IBN SINO» zamonaviy salomatlik markazi Qarshi shahridagi shifokorlar va tibbiyot muassasalari bilan professional hamkorlik olib borish uchun chaqqon va mas'uliyatli TIBBIY VAKIL (Medical Representative) lavozimiga taklif etadi!
OYLIK MAOSH VA DAROMAD:
• 4 000 000 – 9 000 000 so‘m
• Kafolatlangan oklad: 4 000 000 so‘m (fix)
• Natijadorlik bonuslari: 4 000 000 – 5 000 000 so‘m (KPI)
ASOSIY VAZIFALAR:
• Hududdagi poliklinika va tibbiyot markazlari shifokorlari (terapevt, pediatr, gastroenterolog va oilaviy shifokorlar) bilan kunlik uchrashuvlar;
• Markaz xizmatlari va sog'lomlashtirish dasturlarini shifokorlarga professional darajada tanishtirish;
• Shifokorlar bilan uzoq muddatli va ishonchli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
• Ibn Sino Akademiyasida muntazam malaka oshirish;
• Kunlik faoliyat bo‘yicha hisobot yuritish.
NOMZODGA TALABLAR:
• Tibbiy yoki farmatsevtik ma'lumot (oliy yoki o‘rta-maxsus);
• Tibbiyot vakili sifatida yoki tibbiyot/savdo sohasida tajriba (kamida 6 oy – 1 yil);
• Ravon nutq, odobli muomala va muzokara olib borish qobiliyati;
• Mas'uliyatlilik, halollik va natijaga intilish;
• Shahar bo'ylab faol harakatlanishga tayyorlik (shaxsiy avtomobil bo‘lishi ustunlik beradi).
BIZ TAKLIF ETAMIZ:
• Kafolatlangan 4 mln so'm oklad + 4–5 mln oylik bonuslar;
• Yo‘l (benzin) va mobil aloqa xarajatlari to‘liq qoplanadi;
• Rasmiy ishga joylashish;
• Qulay ish grafigi: 6/1 (dushanba – shanba , 09:00 dan 18:00 gacha);
• Xodim va oila a'zolari uchun markaz xizmatlariga korporativ chegirmalar;
• Do'stona jamoa va erkin kasbiy o'sish imkoniyati
Telefonlar:
*
*