Gulistonda ish bor
BTS Express Cargo Servis · Sirdaryo · 3.5 mln so'm – 7 mln so'm
BTS EXPRESS’GA SAVDO VAKILI (PIYODA) KERAK!
Ish joyi: Guliston shahri Ish vaqti: 09:00–18:00 Dam olish kuni: Yakshanba
Oylik maosh:
• 3 000 000 so‘m — kafolatlangan oylik maosh;
• Har bir olib kelingan pochta jo‘natmasi uchun 4 000 so‘m — qo‘shimcha KPI;
• Qancha ko‘p jo‘natma jalb qilsangiz, daromadingiz shuncha yuqori bo‘ladi!
Asosiy vazifalar:
• Guliston shahri hududida yangi mijozlarni faol izlash va jalb qilish;
• Bozorlar, savdo majmualari, do‘konlar, tashkilotlar va boshqa savdo nuqtalariga tashrif buyurish;
• Potensial mijozlarga BTS Express pochta va kuryerlik xizmatlarini tanishtirish hamda taklif qilish;
• Mijozlardan pochta jo‘natmalarini qabul qilib, BTS Express filialiga olib kelish;
• Mijozlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va jo‘natmalar sonini oshirish.
Talablar:
• Faol, chaqqon va muloqotga kirishuvchan bo‘lish;
• Yangi mijozlarni izlash va xizmatlarni taklif qilishga qiziqish;
• Guliston shahri hududini yaxshi bilish;
• Mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
• Savdo sohasidagi tajriba ustunlik beradi.
Muhim: Ish Guliston shahri hududida piyoda amalga oshiriladi. Asosiy vazifa — yangi mijozlarni jalb qilish, BTS Express xizmatlarini taklif qilish va pochta jo‘natmalarini filialga olib kelish.
BTS Express jamoasiga qo‘shiling va barqaror maosh hamda qo‘shimcha KPI asosida daromad oling!