XO‘JALIK MUDIRI – QOROVUL (Завхоз) Ishga taklif qilamiz

Мафтуна Бахтияровна · Toshkent shahri · 4 mln so'm – 5 mln so'm

ISHGA TAKLIF QILAMIZ! XO‘JALIK MUDIRI – QOROVUL Baxtiyarova’s Academy xususiy maktabi xo‘jalik mudiri (zavxoz) va qorovul vazifalarini bajara oladigan mas’uliyatli xodimni ishga taklif qiladi. Ish joyi: Toshkent shahri, Olmazor tumani. TALABLAR: Yosh: 25–40 yosh. Xo‘jalik mudiri (zavxoz) lavozimida ish tajribasi bo‘lishi shart. O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish. B toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi va avtomobilni yaxshi boshqara olish shart. Mayda ta’mirlash va ustachilik ishlarini bajara olish. Hisob-kitobni yaxshi bilish. Xo‘jalik buyumlari va inventar hisobini yurita olish. Jismonan baquvvat, halol, mas’uliyatli va intizomli bo‘lish. Mustaqil ishlash va muammolarni tezkor hal qilish qobiliyati. ASOSIY VAZIFALAR: Maktab binosi va hududining xo‘jalik holatini nazorat qilish. Mayda ta’mirlash va texnik ishlarni bajarish. Xo‘jalik jihozlari va materiallar hisobini yuritish. Maktab hududida tartib va xavfsizlikni ta’minlash. Zarur hollarda avtomobil boshqarish va rahbariyat topshiriqlarini bajarish. Jihozlarning sozligini nazorat qilish. ISH SHAROITLARI: Ish grafigi: haftasiga 6 kun. Ish vaqti: 08:00 dan 18:00 gacha. Tushlik maktab hisobidan bepul. Oylik maosh: 5 000 000 so‘mdan boshlanadi. Doimiy va barqaror ish. Ahil jamoa va qulay ish muhiti. Bizga qo‘lidan ish keladigan, xo‘jalik ishlarini yaxshi tushunadigan, halol va mas’uliyatli xodim kerak! Ishga joylashish va suhbatga yozilish uchun ko‘rsatilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar