Tandir somsa bo‘yicha professional somsapaz kerak!
Akrom · Toshkent shahri · Maosh kelishiladi
Yangi ochilvotkan premium tandir somsa brendimizga o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan, yuqori malakali somsapaz izlayapmiz!
Bizga shunchaki somsa tayyorlaydigan xodim emas, o‘z kasbini mukammal biladigan, ta’m, sifat va ko‘rinishga alohida e’tibor beradigan tajribali usta kerak.
Talablar:
* Tandir somsa tayyorlash bo‘yicha katta tajriba.
* Somsani turli shakl va uslublarda professional darajada tuga olish.
* Xamir, masalliq va pishirish jarayonining barcha nozik jihatlarini mukammal bilish.
* Har bir somsada bir xil yuqori sifat, chiroyli ko‘rinish va ajoyib ta’mni ta’minlash.
* Tozalik, tartib va mas’uliyatga jiddiy yondashish.
Biz eng yaxshilar bilan ishlashni maqsad qilganmiz.
O‘z mahoratiga ishongan, kasbining haqiqiy ustalari bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lamiz.
Ish haqi: Yuqori malaka va tajribaga qarab kelishiladi.
Ish joyi: Toshkent shahri.
Murojaat: Telefo’n yoki Telegram orqali bog‘laning.