Beton zavodiga Otk — sifat nazoratchisi kerak!

HR menedjer · Toshkent viloyati · 5 mln so'm – 10 mln so'm

Lavozim: OTK (Sifat nazoratchisi) Ish joyi: Beton ishlab chiqarish zavodi ASOSIY VAZIFALAR: Ishlab chiqarilayotgan beton va temir-beton mahsulotlarining sifatini nazorat qilish; Tayyor mahsulotlarning belgilangan standart va texnik talablarga muvofiqligini tekshirish; Ishlab chiqarish jarayonida texnologik talablarning bajarilishini nazorat qilish; Xomashyo va materiallar sifatini nazorat qilish; Betonning markasi va sifat ko‘rsatkichlarini tekshirish; Aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda rahbariyatga ma’lum qilish; Sifat bo‘yicha hujjatlar va nazorat natijalarini yuritish; Laboratoriya va ishlab chiqarish bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlash; Mahsulot sifatini oshirish va brakni kamaytirish bo‘yicha takliflar berish. NOMZODGA TALABLAR: OTK, sifat nazorati yoki ishlab chiqarish sohasida ish tajribasi; Beton yoki temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish tajribasi afzallik beradi ; Beton mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari va texnologik jarayonlarni tushunish; Mas’uliyatli, diqqatli va tartibli bo‘lish; Ishlab chiqarish jamoasi bilan samarali ishlay olish; Sifat bo‘yicha hujjatlar bilan ishlay olish. BIZ TAKLIF QILAMIZ: Oylik maosh: ish tajribasi va malakasiga qarab suhbat davomida belgilanadi; Doimiy ish ; Ish staji yuritiladi ; Oylik ish haqi oyiga 2 marta: avans va oylik ko‘rinishida beriladi; Ish vaqti: 08:00–18:00 tushlik ishxona xisobidan Ish grafigi: 6/1; Yakshanba — dam olish kuni . Aloqa uchun: * Agar siz sifat nazorati bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz va ishlab chiqarishda mas’uliyat bilan ishlashga tayyor bo‘lsangiz, bizning jamoamizga qo‘shiling!

IshMap.uz — barcha vakansiyalar