Sotuv menejeri / Call operator

DEEP SPACE · Toshkent shahri · 8 mln so'm – 13 mln so'm

Biz — restoran va kafe biznesini avtomatlashtiruvchi IT kompaniyamiz. Hozirda 500+ faol mijozimiz bor va yil oxiriga 1000 ta ga chiqishni maqsad qilganmiz. Jamoamizga natijaga yo'naltirilgan, faol va mas'uliyatli sotuv menejeri qidirmoqdamiz. Sotuv menedjerining vazifasi instagram orqali kelgan lidlarga aloqaga chiqib, dasturiy ta'minotni afzalliklarini mijozga tushuntirib berib unga sotishdan iborat. Vazifalar Qo'ng'iroqlar va so'rovlar: Kiruvchi qo'ng'iroqlar va Instagram orqali kelgan murojaatlarni qayta ishlash Muzokaralar: Kafe va restoran egalari bilan professional muzokaralar olib borish Taqdimot: Dasturiy ta'minot imkoniyatlarini ofisda yoki onlayn tarzda taqdim etish Mijozni kuzatish: Sotuv amalga oshgandan implementatsiya bo'limiga topshirilgunicha jarayonni to'liq nazorat qilish CRM va hisobot: Mijozlar bazasini AmoCRM da yuritish va muntazam hisobot berish Talablar Faol sotuvlar sohasida ish tajribasi (IT, B2B yoki texnik uskunalar — ustunlik) O'zbek tilida og'zaki va yozma ravon muloqot Kompyuter savodxonligi; CRM tizimlari (AmoCRM) bilan ishlash tajribasi Mas'uliyatlilik Biz taklif qilamiz Barcha qulayliklarga ega zamonaviy ofis muhiti Belgilangan maosh + KPI Doimiy o'sish va malaka oshirish madaniyati IT Park rezidenti hiosblangan kompaniyada rasmiy mehnat shartnomasi Muhim: Faqat to'liq ish kuni (full-time) uchun ko'rib chiqiladi. Part-time va masofaviy ish formatida ishlamoqchi bo'lgan nomzodlar murojaat qilmasligini so'raymiz. Ustunlik: Umumiy ovqatlanish sohasi ( restoran, kafe, fast-food ) ichki jarayonlarini tushunadigan yoki shu sohalarda ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar