Dizayn Ofis Arxitektori — Farg‘ona shifoxona loyihasi (PPP)

BIR INSHAAT · Farg'ona

Dizayn Ofis Arxitektori — Farg‘ona 800 o‘rinli shifoxona loyihasi (PPP) Vazifalar: Arxitektura ishchi loyihalarini (ishchi chizmalar, detallar) tayyorlash va qayta ko‘rib chiqish Mahalliy loyiha instituti va ekspertiza tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish, tasdiqlash jarayonlarini kuzatib borish Arxitektura, konstruktiv va mexanik-elektr loyihalari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash va yechimlar taklif qilish Tibbiy texnologiya, operator va buyurtmachi talablarini loyihaga kiritish Materiallar va pardozlash ishlari detallarini tayyorlash, qurilish maydoniga texnik ko‘mak berish As-built arxitektura chizmalarini tayyorlash Talablar: Arxitektura bo‘yicha oliy ma’lumot Ishchi loyiha tayyorlash bo‘yicha kamida 3 yil tajriba; qurilish maydonidagi dizayn ofisida ishlash tajribasi afzallik Shifoxona yoki sog‘liqni saqlash obyektlari loyihalarida tajriba katta afzallik AutoCAD dasturini yuqori darajada bilish; Revit bo‘yicha bilim afzallik Mahalliy me’yorlar va loyihalarni tasdiqlash jarayonlarini yaxshi bilish O‘zbek va rus tillarini ravon bilish; ingliz yoki turk tillarini bilish afzallik Farg‘onada doimiy ishlash imkoniyati, detallarga e’tiborli bo‘lish, jamoada ishlash ko‘nikmasi Ish joyi: Farg‘ona (qurilish maydoni)

IshMap.uz — barcha vakansiyalar