Administrator
IT TA`LIM BERISH MARKAZI USTUDY · Toshkent shahri · 3 mln so'm – 8 mln so'm
Mas'uliyatlar:
• Ofisning kundalik tozaligi, tartibi va qulay muhitini ta'minlash, kelgan mehmonlarni yuqori darajada kutib olish.
• O'quvchilar va ularning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish, ularning savollariga javob berish hamda markazdagi yangiliklardan xabardor qilish.
• O'quvchilar bilan yaqindan ishlash, ularning darslardagi davomatini qat'iy nazorat qilib borish.
Talablar:
• Rus yoki ingliz tilini bilish (kamida suhbat darajasida).
• Ishiga mas'uliyat bilan yondashuvchi, intizomli va tartibli bo'lish.
• Muloqot qilishni yoqtiradigan, mehmondo'st va e'tiborli bo'lish.
• Kompyuter va ofis dasturlari bilan ishlashni bilish.
• Jamoada ishlashni biladigan, faol va kirishimli bo'lish.
• Stressga chidamli va natijaga intiluvchan bo'lish.