SMM menejer (marketpleys brendlari uchun Instagram)

KURBONOVA NIGORAXON BAHODIR QIZI · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 7 mln so'm

Koreyaning taniqli kosmetika brendlarini O'zbekiston marketpleyslarida sotamiz: Uzum Market, Wildberries, Yandex Market, Ozon. Brendlarimizning Instagram profillarini yuritadigan SMM menejer kerak. Maqsad — obunachi yig'ish emas, marketpleysdagi savdoni oshirish. ASOSIY VAZIFALAR 1. KONTENT REJA VA POSTLAR Haftalik kontent reja, mahsulot postlari va karusellar, o'zbek va rus tilida matn yozish. 2. REELS VA STORIES Kundalik stories, haftasiga bir nechta reels: mahsulotni ochish, qo'llash, natija, mijoz sharhlari. 3. SURATGA OLISH VA MONTAJ Mahsulotni ofisda telefonda suratga olish, video montaji, subtitr va matn qo'yish (CapCut, Canva). 4. AUDITORIYA BILAN ISHLASH Direct va izohlarga javob, savollarni yopish, mijozni marketpleysdagi kartochkaga yo'naltirish. 5. O'SISH VA NATIJA Reklama va blogerlar bilan ishlash, natijani o'lchash: qamrov, saqlash, profilga o'tish va marketpleysga bosishlar. TALABLAR • Instagram akkauntlarini yuritishda kamida 1 yil tajriba • Portfolio SHART: yuritgan akkauntlaringiz havolasi • Reels suratga olish va montaj qila olish • O'zbek va rus tilida matn yozish • Canva, CapCut yoki shunga o'xshash dasturlar • Kosmetika yoki go'zallik sohasi tajribasi — afzallik SHARTLAR • Oylik 5 000 000 – 7 000 000 so'm (tajribaga qarab) • Ofisda ishlash (masofaviy emas), 6/1, 9:00–18:00 • Mahsulot, suratga olish joyi va dizayn shablonlari tayyor beriladi • Dizayner bilan birgalikda ishlaysiz Xat yozganda 2 savolga javob bering: 1) Qaysi akkauntlarni yuritgansiz? Havolasini yuboring. 2) Oxirgi 3 oyda qanday natijaga erishdingiz — raqam bilan (qamrov, obunachi, savdo)?

IshMap.uz — barcha vakansiyalar