Turagent (Turizm bo‘yicha mutaxassis)

4Prep · Toshkent shahri · 12.7 mln so'm – 15.2 mln so'm

Tajribali Turagent! (Turizm bo‘yicha mutaxassis) Bizning endi ochilayotgan turoperatorlik kompaniyamizga o‘z ishining ustasi bo‘lgan, mijozlar bilan ishlashni sevadigan va turizm sohasida boy tajribaga ega Turagent kerak! Bizning talablarimiz: — Ish tajribasi: Turizm sohasida kamida 2–3 yillik muvaffaqiyatli amaliy tajriba (avchi biletlar, turlar yig‘ish, bron tizimlari bilan ishlash); — Til bilish darajasi: O‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin va ravon muloqot qila olish (og‘zaki va yozma); Ko‘nikmalar: — Xalqaro va ichki yo‘nalishlar bo‘yicha turlarni tanlash, shakllantirish va sotish; — Bron qilish tizimlari (GDS, turoperatorlar kabinetlari) bilan professional ishlay olish; — Mijozlar bilan xushfe'l muloqot qilish va muzokaralar olib borish mahorati; — Stressga chidamlilik, mas'uliyatlilik va jamoada ishlay olish. Majburiyatlar: — Mijozlarning talab va istaklariga mos ravishda individual hamda guruh turlarini tanlash va bron qilish; — Aviabiletlar, mehmonxonalar, transfer va sug‘urtalarni rasmiylashtirish; — Mijozlarga viza masalalari va sayohat hujjatlari bo‘yicha to‘liq konsultatsiya berish; — Mijozlar bazasini yuritish va doimiy aloqani saqlab qolish. Biz nimani taklif etamiz? — Oylik maosh: $1000 dan boshlanadi (natija va tajribaga qarab kelishiladi) + bonuslar; — Ahil va professional jamoa; — Zamonaviy va shinam offis; — Karyera va kasbiy rivojlanish imkoniyati. Murojaat uchun: Rezyumengizni (CV) va erishgan natijalaringiz haqida qisqacha ma'lumotni Telegram orqali yuboring: Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko’chasi

IshMap.uz — barcha vakansiyalar