Savdo Vakili, Farxod bozorida

Caiser · Toshkent shahri · 5 mln so'm – 9 mln so'm

CAISER — ULGURJI SAVDO VAKILINI ISHGA TAKLIF QILADI CAISER 10D avtopoliklarini Farhod bozoridagi hamkor do‘konlarga sotish yo‘nalishi uchun faol va mas’uliyatli xodim izlayapmiz. Ish joyi: Toshkent shahri, Farhod avtoehtiyot qismlari bozori. ASOSIY VAZIFALAR: • Avtoaksessuar sotadigan do‘konlarni aniqlash va egalari bilan uchrashish; • Mahsulot namunalari va ulgurji savdo shartlarini tanishtirish; • Yangi hamkorlarni jalb qilish va buyurtmalar olish; • Mavjud mijozlardan takroriy buyurtmalarni tashkil qilish; • To‘lov muddatlari va qarzdorlikni kuzatish; • Mijozlar, buyurtmalar va uchrashuvlar bo‘yicha qisqa hisobot yuritish. TALABLAR: • Faol savdo tajribasi, imkon qadar kamida 1 yil; • O‘zbek tilida ravon muloqot; rus tilini bilish — afzallik; • E’tirozlar bilan ishlash va muzokara olib borish; • Telefon va oddiy elektron jadvallardan foydalanish; • Halollik, tashabbuskorlik va kelishuvlarga rioya qilish. Avtoehtiyot qismlar yoki avtoaksessuarlar bozoridagi tajriba alohida ustunlik beradi. TO‘LOV TIZIMI: • 5 000 000 so‘m doimiy oklad; • Sotilgan va puli tushgan har bir komplekt uchun Bonus; • Yangi hamkorlar uchun Bonus. Ishning asosiy qismi — bozordagi do‘konlarga tashrif va hamkorlar bilan faol ishlash. Ish jadvali: 6/1 10:00-20:00 Murojaat: Telegram * Rezyume yoki oldingi ish joyingiz va savdo natijalaringiz haqida qisqacha ma’lumot yuboring.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar