Sotuvchi
Dyo · Toshkent shahri
Tajribali sotuvchi ishga taklif qilinadi!
Mijozlar bilan ishlashni biladigan, faol va mas’uliyatli sotuvchini jamoamizga taklif qilamiz.
Talablar:
• Sotuv sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
• Mijoz ehtiyojini aniqlash va mahsulotni tushunarli taqdim eta olish;
• Muzokara olib borish va e’tirozlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Xushmuomalalik, halollik va mas’uliyat;
• Savdo rejasini bajarishga intilish.
Vazifalar:
• Mijozlarga mahsulotlar bo‘yicha maslahat berish va sotuvni amalga oshirish;
• Yangi mijozlarni jalb qilish, doimiy mijozlar bilan aloqani rivojlantirish;
• Buyurtmalarni qabul qilish va bajarilishini kuzatish;
• Savdo natijalari bo‘yicha hisobot yuritish.
Qiziqqan nomzodlar rezyumesi yoki ish tajribasi haqida qisqacha ma’lumot yuborishi mumkin.