Smartfon va aksessuarlar do'koniga sotuvchi-konsultant

Unity Electronics · Surxondaryo · 2.5 mln so'm – 8 mln so'm

Unity Electronics — smartfon, gadjet va aksessuarlar do'koni. Jamoamizga sotuvchi-konsultant qidiramiz. Vazifalar: - Mijozlarga telefon tanlashda maslahat berish va sotish - Billz dasturida chek rasmiylashtirish - Muddatli to'lov (Halol Nasiya) va trade-in rasmiylashtirish - Sayt va Telegram buyurtmalari bo'yicha mijozlar bilan bog'lanish Talablar: - Telefonlarni yaxshi biladigan (iPhone, Samsung, Xiaomi, Honor) - Mijoz bilan muloyim va ishonchli gaplasha oladigan - Mas'uliyatli, kechikmaydigan - Savdo tajribasi afzallik, lekin shart emas — o'rgatamiz Shartlar: - Oylik: 2 500 000 so'm fiks + foydadan bonus (yaxshi sotuvchilar oyiga 5 mln+ oladi) - Rasmiy ichki tartib, aniq KPI tizimi - 1 oy sinov muddati, tajribali xodim yonida o'qitish Manzil: Termiz shahar Indenim 2-qavat Ariza berish uchun Telegram botimizga kiring va anketani to'ldiring: * Telefon orqali qo'ng'iroqlar qabul qilinmaydi — faqat bot orqali.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar