Установщик - Tarmoq administratori / Network Administrator/ System Administrator

DEEP SPACE · Samarqand · 8 mln so'm – 12 mln so'm

Tarmoq administratori Kompaniya: Deep Space Maosh: 8.000.000 – 12.000.000 so'm Ish tajribasi: 1 yildan 3 yilgacha (Middle darajasi) Hudud: Toshkent shahri Talab: SHAXSIY AVTOMASHINA BO'LISHI SHART Kompaniya haqida: Deep Space — umumiy ovqatlanish sohasini (restoran, kafe va oshxonalar) avtomatlashtirish bo‘yicha IT kompaniya. Jamoamizga kuchli texnik bilimga ega, mas'uliyatli tarmoq administratorini taklif etamiz. Majburiyatlar (Обязанности): • Restoran va kafelarda tarmoq infratuzilmasini loyihalash va uskunalarni (monoblok, printer, router, switch) o‘rnatish; • Lokal tarmoqlarni (LAN) noldan qurish, montaj ishlarini qilish; • Bizning dasturiy ta'minotni monobloklarga o‘rnatish, ma’lumotlar bazasi va fiskal modullar bilan integratsiya qilish; • Korporativ tarmoq xavfsizligini ta’minlash (VPN, Firewall, VLAN); • Restoran egalari va xodimlariga tizimdan foydalanish bo‘yicha texnik treninglar o‘tkazish. Texnik talablar (Technical Requirements): • Networking: TCP/IP (IPv4/IPv6), DHCP, DNS, NAT va murakkab subnetting bo‘yicha chuqur bilim; • Routing & Switching: VLAN, STP, LACP, OSPF protokollari bilan ishlash tajribasi; • Uskunalar: Mikrotik (RouterOS), Cisco qurilmalarini professional darajada konfiguratsiya qilish; • Xavfsizlik: VPN tunnellarini (WireGuard, IPsec, L2TP) qurish va Firewall qoidalarini (ACL) boshqarish; • Monitoring: Zabbix, Nagios kabi monitoring tizimlari bilan ishlash ko'nikmasi; • OS: Windows Server (AD, DNS, DHCP) va Linux (Ubuntu/Debian) tizimlarida tarmoq servislarini sozlash; • Periferiya: Chek printerlari, 2D skanerlar va fiskal ma’lumotlar operatori (OFD) qurilmalarini integratsiya qilish. Umumiy talablar: • Tarmoq administratorligi sohasida kamida 1-3 yillik real ish tajribasi; • Mas’uliyat, muammolarni mustaqil hal qilish (troubleshooting) va mijozlar bilan xushmuomala bo‘lish. Shart-sharoitlar (Условия): • Raqobatbardosh maosh: 8.000.000 – 12.000.000 so'm gacha (suhbat natijasiga ko‘ra); • Professional rivojlanish: Murakkab IT loyihalarda ishtirok etish va tajriba almashish muhiti. Nomzodlar uchun savollar: Rezyumeingizga ilova tarzida quyidagi savollarga javob bering: 1. Shaxsiy avtomashinangiz bormi? 2. Qaysi turdagi router va switchlar (brandlar) bilan ko'p ishlagansiz? 3. VLAN va VPN qurish bo'yicha real keyslaringiz bormi?

IshMap.uz — barcha vakansiyalar