Moliyachi
POWERYARN · Toshkent shahri · 15 mln so'm – 40 mln so'm
Asosiy vazifalar:
• Kompaniyaning moliyaviy faoliyatini strategik va operatsion boshqarish
• Moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonlarini tashkil etish
• Daromad, xarajat va rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
• Xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy samaradorlikni oshirish
• Pul oqimlari (Cash Flow)ni rejalashtirish va nazorat qilish
• Moliyaviy hisobotlarni shakllantirish va tahlil qilish
• Soliq va audit jarayonlarini muvofiqlashtirish
• Moliyaviy risklarni aniqlash va boshqarish
• Rahbariyat uchun moliyaviy tahlil va takliflar tayyorlash
• Moliya bo‘limi faoliyatini boshqarish va rivojlantirish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Moliya, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot
• Moliya boshqaruvi sohasida rahbarlik tajribasi
• Yirik kompaniyalarning moliyaviy boshqaruvida amaliy tajriba
• Yillik aylanmasi kamida 100 mln AQSH dollari bo‘lgan kompaniya bilan ishlagan bo‘lishi shart
• Byudjetlashtirish, Cash Flow va moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha chuqur bilim
• Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish ko‘nikmasi
• Excel va moliyaviy dasturlarni yuqori darajada bilish
• Kuchli analitik fikrlash
• Liderlik va jamoani boshqarish qobiliyati
• Tizimli va mas’uliyatli yondashuv
Biz taklif qilamiz:
• 💰 Oylik maosh: 15 000 000 so‘m +
• 🕘 Ish grafigi: 5/2
• 🏢 Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash
• 👥 Professional va ahil jamoa
• 📄 Rasmiy ishga joylashish
• 📈 Karyera va professional rivojlanish imkoniyati
• 🍽 Korxona hisobidan tushlik
Ish joyi:
📍 Toshkent shahri, Bektemir tumani, Iyik Ota hududi
Muhim: Vakansiyaga faqat yirik bizneslarning moliyaviy boshqaruvida tegishli tajribaga ega nomzodlar ko‘rib chiqiladi.