Do'kon rahbari | Директор магазина

ЧП IFOR TOYS · Toshkent shahri · 8 mln so'm – 12 mln so'm

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar. 1.1. Shtat ma’lumotlari: a) lavozim nomi – Kompaniya rahbari (bundan keyin matnda rahbar); b) bo‘lim – Bosh boshqarma; c) kimga bo‘ysunadi – Bosh boshqarma bosh direktori; d) kimlar unga bo‘ysunadi – Kompaniyadagi barcha bo‘lim va xodimlar; e) lavozim maqsadi – Kompaniya faoliyatini samarali tashkil etish, bosh boshqarma tomonidan belgilangan strategik va operatsion vazifalarni amalga oshirish, xizmatlar sifatini ta’minlash, mijozlar sonini oshirish hamda kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash. 1.2. Ish faoliyati: a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra; b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra; c) ish kiyimi – klassik. 1.3. Umumiy vazifalar: a) kompaniya faoliyatini umumiy boshqarish; b) bosh boshqarma topshiriqlarini bajarish; c) kompaniyadagi barcha bo‘limlar ishini muvofiqlashtirish; d) tovar va xizmatlar sifatini nazorat qilish; e) mijozlar oqimini oshirish va rivojlantirish; f) moliyaviy natijalarni ta’minlash; g) KPI tizimi va samaradorlikni nazorat qilish; h) ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash; i) bosh boshqarmaga hisobotlar taqdim etish. 1.4. Talab etilgan ma’lumot: a) oliy ma’lumot (boshqaruv, iqtisodiyot, biznes boshqaruvi yo‘nalishlari); b) magistr darajasi (afzal); c) xalqaro boshqaruv (MBA va boshqa) sertifikatlar (afzal). 1.5. Ish tajribasi: a) kamida 3 yil boshqaruv sohasida ish tajribasi; b) ko‘p tarmoqli tizimlarni boshqarish tajribasi (afzal). 1.6. Bilimlar: a) strategik boshqaruv asoslari; b) moliyaviy va iqtisodiy tahlil; c) ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish bozori; d) kadrlar boshqaruvi; e) marketing va sotuv tizimlari; f) qonunchilik va biznes yuritish asoslari; g) o‘zbek va rus tillarini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (ingliz tilini ham bilishi afzal); h) MS Office (Word, Excel), Google Drive va boshqa raqamli vositalarni bilish. 1.7. Ko‘nikmalar: a) muzokara olib borish; b) inqirozli vaziyatlarni boshqarish; c) KPI asosida boshqaruv. d) kuchli strategik fikrlash va tizimli boshqaruv ko‘nikmalari; e) jamoa bilan ishlash, liderlik va kommunikatsiya qobiliyati. 1.8. Shaxsiy sifatlar: a) liderlik qobiliyati; b) mas’uliyatlilik; c) tizimli fikrlash; d) adolatli baholash; e) natijaga yo‘naltirilganlik; f) stressga chidamlilik. 1.9. Lavozim imkoniyatlari: a) raqobatbardosh ish haqi; b) rasmiy mehnat faoliyati; c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati; d) zamonaviy va qulay ish muhiti; e) trening va rivojlanish dasturlari; f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa. Agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. Iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!

IshMap.uz — barcha vakansiyalar