Tashkiliy ishlar bo‘yicha rahbar
Seyyam International General Trading · Toshkent shahri · 10 mln so'm – 10.1 mln so'm
Asosiy vazifalar
• Biznes markazning kundalik tashkiliy va ma’muriy ishlarini muvofiqlashtirish;
• Bino va umumiy foydalanish hududlarining tartibli va yaxshi holatda bo‘lishini nazorat qilish;
• Texnik xodimlar, farroshlar, qo‘riqlash xizmati va boshqa yordamchi xodimlar ishini tashkil etish;
• Xodimlar uchun topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
• Ijarachilar bilan kundalik tashkiliy masalalar bo‘yicha ishlash;
• Bino, lift, elektr, suv, konditsioner, tozalash va boshqa xo‘jalik masalalarini nazorat qilish;
• Aniqlangan nosozlik va muammolarni tegishli mas’ullarga yetkazish va bartaraf etilishini nazorat qilish;
• Tashqi xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar bilan ishlash;
• Kerakli xo‘jalik va ofis materiallarini nazorat qilish;
• Ichki tartib-qoidalar va xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
• Rahbariyatga bajarilgan ishlar va mavjud muammolar bo‘yicha hisobot berish.
Nomzodga talablar
• Tashkiliy va ma’muriy lavozimlarda ish tajribasi;
• Jamoani boshqarish va ishlarni taqsimlash qobiliyati;
• Mas’uliyatlilik va tartiblilik;
• Muammolarni tezkor hal qila olish;
• Muloqot qilish qobiliyati;
• MS Office dasturlaridan foydalanish;
• O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish;
• Ingliz tilini bilish — afzallik ;
• Biznes markaz, ofis, mehmonxona yoki boshqa tijorat obyektlarida tajriba — afzallik .
Ish sharoitlari
Ish joyi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani
Ish grafigi: 5/2
Ish vaqti: 09:00–18:00
Maosh: suhbat natijasiga ko‘ra
Rasmiy ishga qabul qilish.