Shpaklyovka ishlab chiqarish sexiga sex boshlig'i kerak!
HR menedjer · Toshkent viloyati · 5 mln so'm – 10 mln so'm
Ishlab chiqarish seximizga chaqqon, mas’uliyatli va shu sohada tajribaga ega bo‘lgan sex boshlig‘ini ishga taklif qilamiz.
ASOSIY VAZIFALAR:
Shpaklyovka ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish va nazorat qilish;
Sexdagi ishchilar faoliyatini boshqarish va ishlarni to‘g‘ri taqsimlash;
Ishlab chiqarish rejasining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hisob-kitobini yuritish ;
Ombordagi tayyor mahsulot qoldig‘ini nazorat qilish;
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mijozlarga va buyurtmachilarga sotish va realizatsiyasini tashkil qilish ;
Mahsulot kirim-chiqimini nazorat qilish;
Mijozlar bilan ishlash va buyurtmalarni qabul qilish;
Ishlab chiqarish, mahsulot qoldig‘i va sotuv bo‘yicha rahbariyatga hisobot berish;
Sexda tartib, intizom va ish jarayonining uzluksizligini ta’minlash.
NOMZODGA TALABLAR:
Shpaklyovka yoki qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ish tajribasi bo‘lishi shart;
Ishlab chiqarish jarayonini tushunadigan;
Mahsulot hisob-kitobi va realizatsiyasini yurita oladigan;
Ishchilarni boshqarish va ishni tashkil qila oladigan;
Chaqqon, faol va tashabbuskor;
Mas’uliyatli va halol;
Hisob-kitob va hujjatlar bilan ishlay oladigan;
Sotuv va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi afzallik beradi.
BIZ TAKLIF QILAMIZ:
Oylik maosh: suhbat davomida kelishiladi. Tushlik: ishxona hisobidan. Ish joyi: barqaror va doimiy. O‘z sohasini yaxshi biladigan va natija ko‘rsata oladigan nomzodlar ko‘rib chiqiladi.
Murojaat uchun: *
Agar siz ishlab chiqarish jarayonini boshqara olsangiz, mahsulot hisobini yuritsangiz va tayyor mahsulotni sotishni tashkil qila olsangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz!