SMM-специалист / Digital-маркетолог полного цикла
SAY GROUP AND DISTRIBUTION · Toshkent shahri
Kompaniyamiz jamoasiga ijtimoiy tarmoqlarni mustaqil boshqara oladigan, kreativ fikrlaydigan va brendimizni internetda rivojlantira oladigan kuchli SMM mutaxassisini qidiryapmiz.
Bizga faqat post joylaydigan emas, balki kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan mutaxassis kerak.
Asosiy vazifalar:
• Kompaniyaning Instagram, Telegram, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarini yuritish.
• SMM strategiyasi va oylik kontent-rejalarni ishlab chiqish.
• Kontent uchun kreativ g‘oyalar topish va trendlarni kuzatib borish.
• Reels, Stories va postlar uchun ssenariylar yozish.
• Video va foto kontentni suratga olish, montaj qilish va tayyorlash.
• Postlar uchun matnlar yozish va vizual kontent tayyorlash.
• Kontentni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va sahifalarni muntazam yuritish.
• Auditoriya bilan ishlash, izohlar va murojaatlarga javob berish.
• Sahifalar statistikasi va kontent natijalarini tahlil qilish.
• Brend imijini rivojlantirish va obunachilar faolligini oshirish.
• Kompaniya faoliyatini o‘rganib, ijtimoiy tarmoqlarda samarali yoritish.
Talablar:
• SMM sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lish.
• Kontent yaratish, video suratga olish va montaj qilish ko‘nikmalari.
• CapCut, Canva yoki shunga o‘xshash dasturlarda ishlay olish.
• Instagram va TikTok algoritmlarini tushunish.
• Mustaqil ishlash, rejalashtirish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
• Kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va mas’uliyatlilik.
• Ishlar portfolioga ega bo‘lish.