Xorazm BXO Chakana biznes bo'limi mijoz menejeri (mutaxassis)

АКБ «Банк развития бизнеса» · Xorazm

Vazifalar : • Chakana bank xizmatlarining mahsulot portfelini to‘ldirish va rivojlantirish; • Chakana mijozlar bilan samarali aloqa o‘rnatish va ularga bank xizmatlarini tushuntirish; • Mijozlarga yuqori sifatida xizmat ko‘rsatish, talab va ehtiyojlariga mos keluvchi maslahatlar berish; • Mijozlardan olingan fikrlarni va ko‘rsatmalarni tahlil qilish va ular asosida xizmatlarni yaxshilash; • Yangi mijozlar bilan munosabatlar o‘rnatish va ularni bank xizmatlaridan foydalanishga ishontirish; • Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos keluvchi mahsulotlar va xizmatlar taklif etish; • Chakana biznes mahsulotlarini targ‘ib qilish va reklamalash; • Chakana mijozlar uchun yoshlar, tadbirkorlar va kichik bizneslarni jalb qilish uchun maxsus marketing strategiyalarini amalga oshirish; • Chakana biznes xizmatlarining natijalarini muntazam tahlil qilish va raxbariyatga hisobotlar taqdim etish; • Kreditlar bo‘yicha ariza qabul qilish va ularni muvofiq tekshirish. Talablar: ​​​​ • Oliy iqtisodiy ma’lumot • Bank xizmatlari va moliyaviy mahsulotlarini joriy etish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida tajriba; • Chakana biznes va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mukammal bilim; • Moliyaviy tahlil, xizmat ko‘rsatish va marketing bo‘yicha bilimlar; • Chakana biznes xizmatlari va mahsulotlari haqida bilish; • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ularning ehtiyojlariga mos takliflar ishlab chiqish; • O‘zbek tilini mukammal suhbat va yozish qobiliyatlari. Rus-ingliz tilini bilish ustunlik beriladi; • Microsoft Office (Excel, PowerPoint, Word), moliyaviy tahlil va hisobotlarni tuzish uchun dasturlardan foydalanish; • Bank xizmatlari va tranzaksiyalarni kuzatish uchun maxsus dasturlardan foydalanish ko‘nikmalari. Sharoitlar: • Jamoada ishlash va jamoani boshqarish; • Tig‘iz va murakkab vaziyatlarda ishlay olish; • Tizimli va tanqidiy fikrlash; • Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar