O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha mudir

JAHON SCHOOL · Toshkent shahri

O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha mudir (Head of Academic Affairs) Ta’lim jarayonlarini samarali boshqarish, o‘quv-uslubiy faoliyatni rivojlantirish va pedagoglar jamoasini muvofiqlashtirish uchun tajribali rahbar izlayapmiz. Vazifalar: — Ta’lim muassasasining o‘quv-uslubiy faoliyatini tashkil etish va boshqarish; — O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tahlil qilish va takomillashtirish; — O‘qituvchilar bilan muntazam ishlash va ularning metodik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash; — Pedagogik jarayonlarni muvofiqlashtirish; — Ta’lim sifatini monitoring qilish va natijalarni tahlil qilish; — Metodik materiallar, o‘quv hujjatlari va akademik standartlarni ishlab chiqish; — Akademik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha yangi yechimlar ishlab chiqish; — Ilmiy-uslubiy va akademik loyihalarni tashkil etishda ishtirok etish; — Rahbariyat topshiriqlarini akademik yo‘nalishda amalga oshirish. Talablar: — Ta’lim sohasida, xususan o‘qituvchilar bilan ishlash tajribasi; — Metodist sifatida ish tajribasi; — O‘quv dasturi va o‘quv rejasini mustaqil ishlab chiqish tajribasi; — Maktab yoki boshqa ta’lim muassasasida ish tajribasi afzallik ; — Kamida 2 yil rahbarlik lavozimida ish tajribasi; Jamoani boshqarish va ish jarayonlarini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi; — Ta’lim metodikasi va akademik jarayonlarni yaxshi tushunish; — Analitik va tizimli fikrlash; — Yuqori darajadagi mas’uliyat va tashkilotchilik qobiliyati. Biz taklif qilamiz: — Akademik jarayonlarni rivojlantirishda yuqori darajadagi vakolat; — Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (suhbat asosida belgilanadi); — Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83; — Motivatsion bonuslar va mukofotlar; — Doimiy kasbiy rivojlanish , treninglar, seminarlar; — Quvnoq va kuchli pedagoglar jamoasi; — Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot; — O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun ochiq muhit. — Kompaniya hisobidan bepul tushlik; — Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari; — Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar