Moliya direktori | Финансовый директор

ЧП IFOR TOYS · Toshkent shahri · 7 mln so'm – 10 mln so'm

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar. 1.1. Shtat ma’lumotlari: a) lavozim nomi – Moliya departamenti direktori (bundan keyin matnda direktor); b) bo‘lim – Moliya va iqtisod departamenti; c) kimga bo‘ysunadi – Bosh boshqarma bosh direktori; d) kimlar unga bo‘ysunadi – Bosh boshqarma hamda brend ostida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalardagi barcha moliya xodimlari; e) lavozim maqsadi – kompaniya hamda brend nomi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda moliyaviy va iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish, moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 1.2. Ish faoliyati: a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra; b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra; c) ish kiyimi – klassik. 1.3. Umumiy vazifalar: a) departament faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish; b) moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; c) buxgalteriya hisobi va g‘azna faoliyatini samarali va standartlarga muvofiq yuritish; d) kompaniyalarda moliyaviy jarayonlarni nazorat qilish; e) daromad va xarajatlar harakatini monitoring qilish; f) moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilish; g) banklar, soliq organlari va investorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; h) moliyaviy xavflarni aniqlash va boshqarish; i) rahbariyatga moliyaviy natijalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etish. 1.4. Talab etilgan ma’lumot: a) oliy ma’lumot (moliya, iqtisod yoki buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha); b) magistr darajasi (afzal); c) ACCA, CIMA yoki boshqa professional moliyaviy sertifikatlar (afzal). 1.5. Ish tajribasi: a) moliya yoki buxgalteriya sohasida kamida 3–5 yillik boshqaruvchilik tajribasi; b) bir nechta filial yoki tarmoq bilan ishlash tajribasi (afzal). 1.6. Bilimlar: a) moliyaviy boshqaruv asoslari; b) buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligi; c) budjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish; d) moliyaviy tahlil va prognozlash; e) moliyaviy hisobot standartlari; f) ichki nazorat va audit tamoyillari; d) o‘zbek tilini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (ingliz tilini ham bilishi afzal); e) MS Office (Word, Excel), Google Drive, 1C va boshqa raqamli vositalarni bilish. 1.7. Ko‘nikmalar: a) moliyaviy tahlil va hisobot tayyorlash; b) KPI asosida ishlash; c) hisobot tayyorlash; d) kuchli strategik fikrlash va tizimli boshqaruv ko‘nikmalari; e) jamoa bilan ishlash, liderlik va kommunikatsiya qobiliyati. 1.8. Shaxsiy sifatlar: a) liderlik qobiliyati; b) mas’uliyatlilik; c) tizimli fikrlash; d) adolatli baholash; e) natijaga yo‘naltirilganlik; f) stressga chidamlilik. 1.9. Lavozim imkoniyatlari: a) raqobatbardosh ish haqi; b) rasmiy mehnat faoliyati; c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati; d) zamonaviy va qulay ish muhiti; e) trening va rivojlanish dasturlari; f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa. Agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. Iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!

IshMap.uz — barcha vakansiyalar