Doʻkon Sotuvchisi
E'tibor Sovurova · Toshkent shahri · 3.5 mln so'm – 5 mln so'm
皇馨茶业 (Huangxin) kompaniyasi do‘konimizda ishlash uchun mas’uliyatli va faol xodimlarni ishga taklif qiladi!
Maosh va sharoitlar:
Oylik maosh: 3 500 000 so‘m
Qo‘shimcha daromad: sotuvdan foiz
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Ish turi: to‘liq bandlik
Tushlik: Hozircha ishxona hisobidan emas.
Ishga o‘rgatish jarayonida kerakli bilimlar beriladi.
ASOSIY VAZIFALAR:
1. Mijozlarni xushmuomalalik bilan kutib olish va ularga xizmat ko‘rsatish.
2. Mahsulotlarni mijozlarga tanishtirish va sotish.
3. Choy mahsulotlari haqida ma’lumot berish.
4. Mahsulotlarning tartibli joylashtirilishi va do‘kon tozaligini ta’minlash.
5. Sotuv va mahsulotlar hisobini yuritishda yordam berish.
NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:
1. Mas’uliyatli, halol va intizomli bo‘lish.
2. Xushmuomala va mijozlar bilan yaxshi muloqot qila olish.
3. O‘rganishga va yangi bilimlarni egallashga tayyor bo‘lish.
4. Belgilangan ish vaqtiga rioya qilish.
5. Jamoa bilan ishlay olish.
6. Ishga o‘z vaqtida kelish va topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish.
TAJRIBA TALAB QILINMAYDI! Ish jarayonida kerakli bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladi. Oliy maʼlumotli boʻlishi shart emas.