Networkstan kompaniyasiga bosh hisobchi kerak

Networkstan · Toshkent shahri · 8 mln so'm – 10 mln so'm

Networkstan kompaniyasi jamoasiga tajribali va mas’uliyatli Bosh hisobchini taklif etadi. Vazifalar: • Korxonaning buxgalteriya va soliq hisobini to‘liq yuritish; • Soliq, statistika va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda o‘z vaqtida topshirish; • Birlamchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish; • Asosiy vositalar hisobini yuritish; • Debitorlik va kreditorlik qarzdorligini nazorat qilish; • Soliq organlari, banklar, auditorlar va boshqa davlat tashkilotlari bilan ishlash; • Ish haqi, ta’til puli, kasallik varaqasi va boshqa to‘lovlar hisobini nazorat qilish; • Rahbariyat uchun boshqaruv hisobotlarini tayyorlash; • Buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish va optimallashtirishda ishtirok etish. Talablar: • Bosh hisobchi lavozimida 1–3 yil ish tajribasi; • O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya, soliq va mehnat qonunchiligini yaxshi bilish; • 1C, Didox, Excel va boshqa buxgalteriya dasturlarini yaxshi bilish; • Barcha turdagi hisobotlarni tayyorlash va topshirish tajribasi; • Diqqatlilik, mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash va yuqori darajadagi o‘zini tashkil qila olish qobiliyati; • O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish, ozarbayjon tilini bilish afzallik hisoblanadi. Biz taklif qilamiz: • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish; • Ish vaqti: 09:00- 19:00 6/1 • Rivojlanayotgan kompaniyada barqaror ish; • Kasbiy rivojlanish va tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyati; • Qulay ish sharoiti va ahil jamoa. Agar siz Networkstan jamoasining bir qismi bo‘lishni istasangiz, rezyumengizni * yuboring.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar