Sotuvchi konsultant

Sevara · Toshkent shahri · 4 mln so'm

Sotuvchi-konsultant lavozimiga ishga taklif qilamiz! Shokolad do‘konlarimizga xushmuomala, chaqqon va mas’uliyatli sotuvchi-konsultantlarni ishga taklif qilamiz. Tajribangiz bo‘lmasa ham, o‘rganishga tayyor va ishga jiddiy yondashadigan nomzodlarni ko‘rib chiqamiz. Ish manzillari: Bodomzor Eco Bozor Beruniy Sizni qanday sharoitlar kutmoqda? Maosh 4 000 000 so‘mdan boshlanadi — ish natijangizga qarab oshib borish imkoniyati mavjud. Har kuni 50 000 so‘m tushlik puli — asosiy maoshdan tashqari to‘lanadi. Haftasiga 1 kun dam olish — shanba va yakshanbadan tashqari. Ahil jamoa — birgalikda ishlaymiz va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ish grafigi: 09:00–20:00 (qiz bola uchun) 09:30–22:00 (o'g'il bola uchun) Sizning vazifangiz: Xaridorlarni samimiy kutib olish va ularga xizmat ko‘rsatish. Shokolad va shirinliklarimiz haqida ma’lumot berish. Mijozlarga mahsulot tanlashda yordam berish. Mahsulotlarni tartibli joylashtirish va vitrinalar ozodaligini saqlash. Savdo jarayonida xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lish. Biz kimni izlayapmiz ? Rus tilini boshlang‘ich darajada biladigan. Mijozlar bilan chiroyli va xushmuomala gaplasha oladigan. Chaqqon, halol va mas’uliyatli. Ozodalikka va tashqi ko‘rinishiga e’tiborli. Jamoada ishlashga va yangi narsalarni o‘rganishga tayyor nomzodlarni.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar