Operator (mijozlar bilan ishlash) — Qonun.ai, oylik + bonus

Bekmurodov Xolmurod · Xorazm · 3 mln so'm – 5 mln so'm

Qonun.ai — fuqarolarga huquqiy savollariga javob topish hamda advokat, yurist va notariusni bepul chaqirishda yordam beradigan platforma. Jamoamizga mas'uliyatli OPERATOR kerak. VAZIFALAR: • Advokat, yurist va notariuslarga qo'ng'iroq qilib, platformani tanishtirish va ro'yxatdan o'tkazish (kuniga 50 ta qo'ng'iroq) • Ijtimoiy tarmoqlardagi xabar va izohlarga javob berish • Platformaga kelgan murojaatlarni kuzatish va mutaxassislarga yo'naltirishda yordam berish • Brend yuzi sifatida qisqa videolarda ishtirok etish (ssenariy tayyor holda beriladi) • Kunlik hisobot yuritish ISH SHAROITI: • Ish vaqti: dushanba–shanba, 9:00–18:00 • Oylik: 3 000 000 so'm, har 15 kunda to'lanadi • Bonuslar: har bir video uchun 50 000 so'm; ish vaqtidan keyin ixtiyoriy ravishda jalb qilingan har bir mutaxassis uchun 10 000 so'm • Rasmiy ishga qabul, sinov muddati — 2 hafta pul to‘lgan holatda • Ish formasi: oq kofta va qora yubka • Manzil: Urganch shaxar It park binosi TALABLAR: • O'zbek tilida ravon va madaniyatli muloqot (rus tili — afzallik) • Telefon, Telegram, Instagram bilan bemalol ishlay olish • Mas'uliyat, tartib, vaqtga rioya qilish • Kamera oldida erkin gapira olish • To'liq stavkada ishlay olish Huquqiy bilim talab qilinmaydi — hammasini o'rgatamiz. MUROJAAT QILISH: * Xabaringizda: ism, yashash joyi, tajribangiz haqida 2–3 gap. Saralangan nomzodlarga 1 daqiqalik video-tanishuv so'raymiz.

IshMap.uz — barcha vakansiyalar