Logistik Hodim Ishga Taklif qilamiz

HR Aloqa Uchun · Andijon · 4 mln so'm – 6 mln so'm

ASHWOOD MEBEL FABRIKASIGA LOGIST XODIM KERAK! ASHWOOD — buyurtma asosida mebel ishlab chiqaruvchi fabrika. O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarga mebellarni o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazib berish jarayonini boshqaradigan mas’uliyatli logist xodimni ishga taklif qilamiz. ASOSIY VAZIFALAR: • Hyundai va Damas avtomobillarida yuklarni yetkazib berish jarayonini tashkil qilish. • O‘zbekiston bo‘ylab yuk tashish yo‘nalishlari va lokatsiyalarni nazorat qilish. • Mashinalarning o‘z vaqtida kelishi, yuklanishi, yo‘lga chiqishi va tushirilishini nazorat qilish. • Mebellarni transportga yuklashdan oldin sifatli qadoqlashni tashkil qilish va nazorat qilish. • Mebellarni yuklash, mahkamlash, tashish va tushirish jarayonida shikastlanishning oldini olish. • Yuklash-tushirish ishchilarini muvofiqlashtirish va ish jarayonini nazorat qilish. • Haydovchilar, montajchilar, mijozlar va fabrika xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lish. • Yukning to‘g‘ri manzilga, to‘liq va soz holatda yetib borishini nazorat qilish. • Yetkazib berish bo‘yicha hisobot yuritish, kechikishlar va muammolar haqida rahbariyatga xabar berish. NOMZODGA TALABLAR: • Mas’uliyatli, tartibli va chaqqon bo‘lish. • Tashkiliy qobiliyatga va muammolarni tezkor hal qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. • Haydovchilar va ishchilar bilan ishlay olish. • Mebel ishlab chiqarish yoki yetkazib berish sohasida tajriba bo‘lsa, ustunlik beriladi. ISH VAQTI: • Ish kunlari: haftasiga 6 kun. • Dam olish kuni: yakshanba. • Ish vaqti: 08:00 dan 18:00 gacha. BIZ TAKLIF QILAMIZ: • Oziq-ovqat korxona hisobidan. • Yotoq joy bilan ta’minlash. • Ishlash uchun zarur sharoitlar. • Barqaror ish va jamoa bilan ishlash imkoniyati. MANZIL: Andijon shahri, HBK zavodi hududi, Bobur avtosaloni mo‘ljal. Murojaat uchun: [ * Telegramdan va 17:00 gacha Aloqaga chiqing Doniyor] ASHWOOD MEBEL — Sifatli mebel, ishonchli xizmat!

IshMap.uz — barcha vakansiyalar