Торговый представитель
ZAR QAND SHIRINLIKLARI · Qoraqalpog'iston · 9 mln so'm
Savdo vakili (Торговый представитель) — Andijon shahri
«Zarqand shirinliklari» qandolat fabrikasi faol va maqsad sari intiluvchan mutaxassislarni Andijon shahri hududida savdo vakili lavozimiga ishga taklif qiladi! Biz shirinliklarimizni har bir savdo nuqtasiga yetib borishini taʼminlaydigan kuchli jamoamiz aʼzosi boʻlishni istagan nomzodlarni qidirmoqdamiz.
Majburiyatlar:
• Bozorni oʻrganish: Andijon shahri hududidagi shirinliklar bozorini muntazam tahlil qilish va yangi imkoniyatlarni aniqlash.
• Mijozlar bazasini kengaytirish: shahardagi yangi chakana va ulgurji savdo nuqtalarini jalb qilish, shirinliklarimiz sotuvini koʻpaytirish.
• Tijorat takliflarini tayyorlash: mavjud va salohiyatli mijozlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha manfaatli takliflar ishlab chiqish Muzokaralar olib boish: shahar boʻyicha belgilangan yoʻnalish (marshrut) asosida mijozlar bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazish.
• Moliyaviy nazorat: sotilgan mahsulotlar uchun toʻlovlarni qabul qilish va debitorlik qarzdorliklarini nazorat qilish.
• Hisobotlar: bajarilgan ishlar boʻyicha kundalik va haftalik hisobotlarni tayyorlash.
Talablar:
• Hududni bilish: Andijon shahrini ва undagi savdo nuqtalarining joylashuvini juda yaxshi bilish.
• Ish tajribasi: savdo vakili (торговый представитель) lavozimida kamida 6 oylik ish tajribasi (FMCG yoki qandolat sohasida boʻlsa qoʻshimcha ustunlik beradi).
• Koʻnikmalar: savdo texnikalarini mukammal bilish va ularni amaliyotda muvaffaqiyatli qoʻllay olish.
• Til bilish: oʻzbek tilida erkin muloqot qila olish (rus tilini bilish qoʻshimcha ustunlik beradi).
• Shaxsiy fazilatlar: xushmuomalalik, masʼuliyat, faollik va natijaga yoʻnaltirilganlik.
Sharoitlar:
• Qonuniy bandlik: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish.
• Ish grafigi: haftada 6 kun (6/1), soat 09:00 dan 18:00 gacha.
• Jamoa: ahil, kuchli va rivojlanishga intiluvchan professional jamoada ishlash imkoniyati.
•